Afgʻonistonda vitse-prezidentga suiqasd uyushtirildi

23:26 09 Sentyabr 2020 Dunyo
1305 0

Afgʻonistonda mamlakat vitse-prezidenti Amrullo Solihning hayotiga suiqasd uyushtirildi.

“TRT World” xabariga koʻra, nomaʼlum shaxslar davlat rahbariga ishga ketayotgan paytida hujum qilmoqchi boʻlishgan. Kortej yoʻlida avtomashina portlatilgan. Solihning oʻzi jarohat olmagan, ammo uning uchta tansoqchisi halok boʻlgan.

Qayd etilishicha, terroristik hujum natijasida kamida 12 kishi jarohat olgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlarining aytishiga qaraganda, ikki kishining jasadi va yetti jabrlangan fuqaro mahalliy kasalxonaga olib borilgan.

“Bugun Afgʻoniston dushmanlari yana Solihga zarar yetkazmoqchi boʻlishdi, ammo bu safar ham oʻzlarining maqsadlariga erisha olishmadi”, deb yozgan vitse-prezidentning matbuot kotibi Razvan Murod.

Hodisa sabablari oʻrganilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер