Afg‘onistonda sapyorlar o‘ldirib ketildi

12:30 22 May 2018 Dunyo
1990 0
Foto: Gas-Torg.com

Kecha Afg‘oniston janubidagi Qandahor muzofotida qurollangan noma’lum shaxslar tomonidan besh nafar sapyor o‘ldirib ketilgan va bir nafari garovga olingan.

Bu haqda mahalliy politsiya rahbari general Abdul Roziq ma’lumotiga asoslanib Tolo axborot manbasi xabar berdi.
Abdul Roziqning so‘zlariga ko‘ra, sapyorlar “Aims De-mining” kompaniyasi tomonidan “Turkmaniston – Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston”(TAPH) gaz quvuri o‘tadigan hududni minalardan tozalash uchun yollangan bo‘lgan.

Fojia mutaxassislar Mayvand tumanidagi Malang Kariz qishlog‘i hududida qo‘lbola minalarni zararsizlantirayotgan paytda ro‘y bergan. Roziqning aytishicha, hujum “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan amalga oshirilgan. Biroq “tolibon”lar bu ma’lumotga munosabat bildirmagan va hodisa javobgarligini zimmasiga olmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati ilgari TAPH loyihasini qo‘llab-quvvatlashi va uni himoya qilishini bildirgan edi. Mazkur gaz quvurining Afg‘oniston hududidan o‘tadigan qismining qurilishi shu yil fevral oyidan boshlangani e’lon qilingandi. 

TAPH yo‘nalishining afg‘on diyoridan o‘tadigan hududidagi bunday tashvishlanarli holatlar umumiy qiymati 10 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan loyiha uchun investorlar topish ishini qiyinlashtirmoqda. Uning qurilishiga ketadigan harajatlarning 85 foizini esa Turkmaniston o‘z zimmasiga olgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер