Afgʻonistonda 737 kishi koronavirusdan vafot etdi
Afgʻonistonda oʻtgan bir sutka ichida yana 165 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.
Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Afgʻonistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 967 kishini tashkil etmoqda.
Mamlakat boʻylab 12 588 nafar bemor koronavirusdan davolanishga muvaffaq boʻldi. Oʻtgan bir sutkaning oʻzida 388 kishi sogʻaygan.
Afgʻonistonda 737 kishi kasallik qurboni boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring