Afgʻoniston hududi orqali tranzit yuk tashuvlari rivojlantiriladi

11:38 28 Avgust 2023 Siyosat
684 0

Joriy yil 26 – 27-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri I. Mahkamov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili I. Irgashev boshchiligidagi delegatsiyaning Afgʻonistonga safari amalga oshirildi.

Ikki tomonlama muzokaralarda Afgʻoniston va Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqish uchun xalqaro transport koridorini shakllantirish, ikki davlat transport logistika korxonalari hamkorligini kuchaytirish, xalqaro avtomobil tashuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan Afgʻoniston hududi boʻylab tranzit oʻtishga hamda boshqa manzillarga yuk tashishga oʻrnatilgan cheklovni olib tashlash masalalari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер