Afgʻon ayollarining oʻqish va ishlash huquqi toʻgʻrisidagi qarorni Islom ulamolari kengashi qabul qiladi
Foto: Reuters
Afgʻon ayollarining oʻqish va ishlash huquqi toʻgʻrisida qarorni Islom ulamolari kengashi qabul qiladi. Bu haqda “Tolibon” harakatining yuqori lavozimli vakili Vohidulla Hoshimiy aytib oʻtdi.
“Ulamolarimiz qizlarning maktabga borishiga ruxsat beriladimi yoki yoʻqligini hal qiladi”, degan u "Reuters" bilan suhbatda.
Hoshimiyning soʻzlariga koʻra, ulamolar ayollar uchun majburiy kiyimning qaysi shakli boʻlishini ham hal qilishlari kerak boʻladi. Avvalroq, “Tolibon” ayollardan yuzini ochiq qoldiradigan roʻmol bilan cheklanib, burqa kiyishni talab qilmagani haqida xabar berilgan edi.
Oldinroq “Tolibon” matbuot kotibi Zabiulla Mujohid harakat ayollarning jamiyatdagi rolini qadrlanishiga va ular mamlakatni barpo etishda oʻz roliga ega boʻlishiga ishonishini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring