Adliya vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi
Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni boʻlib oʻtdi. Unda 200 nafardan oshiq 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan fuqarolar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mehmonlar 4 ta guruhlarga boʻlinib, ular uchun maxsus ekskursiyalar tashkillashtirildi. Kelgan mehmonlar uchun adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning taʼlim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan namunalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz portali faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng soʻnggi qoʻllanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishdi.
Eslatib oʻtamiz, ochiq eshiklar kuni Samarqand, Namangan shahar hamda Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazida ham boʻlib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring