Adliya vazirligida Finlyandiyaning Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuyya Braks tashrif bilan boʻldi

11:33 24 Fevral 2023 Siyosat
422 0

Joriy yilning 22-fevral kuni Adliya vazirligida adliya vaziri Akbar Tashkulov hamda Finlyandiyaning Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuyya Braks oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Finlyandiya hukumati Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlab kelayotganligi, xususan, ikki davlat oʻrtasida sud-huquq sohasini rivojlantirish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashda yaqindan hamkorlik aloqalari oʻrnatilganligini taʼkidladi.

Akbar Toshqulov xorijiy mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar toʻgʻrisida, xususan, Adliya vazirligining amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy muammolarni hal etish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va boshqa sohalardagi faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Tomonlar vazirlik, Helsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish” loyihasi doirasidagi qoʻshma tadbirlar haqida fikr almashdilar.

Tuyya Braks hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Oʻzbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, ushbu yoʻnalishda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrnini rivojlantirish, ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan bepul yuridik yordam tizimini joriy etishga hamda adliya vazirligining qonun ustuvorligini taʼminlashdagi salohiyatini yuksaltirishda oʻz hissasini qoʻshishga tayyorligini maʼlum qildi.

Tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер