Adliya vazirligi: regulation.gov.uz portaliga davlat tilida matni boʻlmagan loyihalar avtomatik ravishda oʻchiriladi

18:10 21 Aprel 2020 Jamiyat
1898 0

Davlat organlari loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) mustaqil ravishda oʻzlari joylashtirishadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi.

Shunga asosan, davlat tilida matni boʻlmagan boshqa tilda kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari regulation.gov.uz portal maʼmuriyati tomonidan avtomatik ravishda oʻchirilishi haqida ogohlantirilgan. Ushbu ogohlantirish joriy yilning 20-apreldan joylashtirildi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi ekspertiza yakunlari boʻyicha xulosada loyiha oʻzbek tilida taqdim etilsin deb yozadi. Chunki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentining 49-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari Administratsiyaga davlat tilida, zarurat boʻlganda – boshqa tillardagi tarjimasi bilan birga kiritilishi belgilangan.

Bundan tashqari, Hukumatning 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 40-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Hukumatga davlat tilida, zarurat boʻlganda – rus tili va boshqa tillarga tarjima qilinib kiritilishi lozim.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер