Adliya vaziri Sankt-Peterburg shahrida Adliya vazirlarining ochiq uchrashuvida ishtirok etdi

16:55 15 May 2023 Jamiyat
607 0

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi XI Peterburg xalqaro yuridik forumida (Sankt-Peterburg sh.) ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun: Peterburg xalqaro yuridik forumi – 2011-yilda taʼsis etilgan boʻlib har yili Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi tashabbusi asosida oʻtkazib kelinadi.

Forumning maqsadi – xalqaro yuridik hamjamiyatni birlashtirish, umumjahon huquq muammolarini yechish boʻyicha yagona yondashuvni ishlab chiqish hamda yuridik olamning yangi trendlarini shakllantirish.

Forum doirasida 12-may kuni tashkil etilgan “Adliya vazirlarining ochiq uchrashuvi”da adliya vaziri A.Toshqulov nutq bilan ishtirok etdi. Uchrashuvida 20 ga yaqin xorijiy davlatlarning adliya va huquq vazirlari ishtirok etib, ishtirokchi mamlakatlarning adliya hamda sud-huquq sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shu oʻrinda, uchrashuv chogʻida adliya vaziri A.Toshqulov joriy yilning
30-aprel kuni boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi toʻgʻrisida toʻxtalib, ushbu muhim siyosiy voqea mamlakatimizda amalga oshirilib kelayotgan islohotlarning mantiqiy davomi ekanligini taʼkidlab, yangi Konstitutsiyada fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashini nazarda tutuvchi huquqiy davlatning barcha belgilari oʻz ifodasini topganini aytib oʻtdi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Forumning asosiy tadbiri hisoblanmish “Huquq suvereniteti” mavzusidagi plenar sessiya va boshqa huquqiy mavzularga oid muloqot sessiyalarida faol ishtirok etdi.

Adliya vazirligi delegatsiyasining Forumdagi ishtiroki davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер