Adliya vaziri oʻrinbosari Yunusobod tuman adliya boʻlimi faoliyatidagi muammolarni oʻrgandi

17:28 03 Oktyabr 2023 Jamiyat
427 0

Adliya vazirligi tomonidan tizimdagi eng quyi boʻgʻin hisoblangan tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida doimiy ravishda tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 11-sentyabr kuni adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov tomonidan sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar Yunusobod tuman adliya boʻlimi faoliyati misolida atroflicha tahlil qilindi.

A.Karimov tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ekanligi taʼkidlanib, bunda byurokratiya va ortiqcha hujjatbozlikni keskin kamaytirish orqali odamlarni ogʻirini yengil qilishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi qayd etildi.

Shuningdek boʻlim faoliyatini oʻrganish davomida, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanilmayotganligi tanqid ostiga olinib, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Huquqiy axborotni tarqatish borasida boshqa davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida koʻrsatma berildi.

Aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish va boʻlimga kelib tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida “taym-menejment” asosida ishni toʻgʻri tashkil qilish ish samaradorligini oshirishi qayd etildi.

Qonuniylik va qonun ustuvorligini taʼminlashda Yuridik xizmat koʻrsatish markazining roli katta ekanligi, hujjat loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish, xulosa berishda qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etish va bu borada eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar taʼkidlab oʻtildi.

Shu bilan birga aholining huquqiy muammolari bilan joyiga chiqqan holda ishlash, jumladan, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni uyma-uy yurib hal qilishga koʻmaklashish hamda sayyor qabullarni samarali tashkil qilish boʻyicha tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер