Adliya spartakiadasi oʻtkaziladi
Joriy yilning 10-12-iyun kunlari Adliya spartakiadasi oʻtkaziladi.
Spartakiadani oʻtkazishdan maqsad: Prezidentning 2020-yil 30-oktyabrdagi farmoni ijrosini taʼminlash, Adliya vazirligi tizimida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xodimlar oʻrtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shugʻullanishini ragʻbatlantirish, shuningdek xodimlar oʻrtasida jamoaviy va doʻstona muhitni shakllantirish hisoblanadi.
Spartakiadada vazirlik Markaziy apparati hamda hududiy adliya organlari xodimlari quyidagi sport turlarida oʻzaro bellashadi:
— mini-futbol;
— stol tennisi;
— shaxmat;
— badminton;
— armrestling va boshqa.
Sport turlari team building shaklida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring