Adliya sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi
Bugun, 4-yanvar kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing oʻtkazildi. Brifingda adliya sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida vazirlikka 69 ta bandda tegishli vazifa va tadbirlarni bajarish yuklatilgan. Shundan, 30 ta band boʻyicha vazirlik asosiy ijrochi etib belgilangan.
Vazirlik asosiy ijrosi sifatida belgilangan 21 ta tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va 9 ta bandda amaliy chora-tadbirlar va huquqiy targʻibotlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Vazirlik tomonidan qoʻshimcha ijrochi sifatida belgilangan 39 ta banddagi tadbirlar ijrosini taʼminlashda tegishli vazirlik va idoralarga amaliy yordam koʻrsatildi.
Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlanmoqda.
Hisobot davrida Adliya vazirligi tashabbusi bilan jami 179 ta Normativ huquqiy hujjat, jumladan 51 ta qonun, 45 ta Prezident hujjatlari, 68 ta Hukumat hujjatlari, 15 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi. 2 363 ta qonunchilik hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi. Shuningdek, 297 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Vazirlikka kelib tushgan jami 142,5 mingta murojaatlarning 122,9 mingtasi, yaʼni 86 foizi qonuniy hal etildi.
Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha 55 984 ta taqdimnoma kiritildi, 12 039 nafar shaxslar maʼmuriy, 25 542 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 682 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Sudlarga 438 mlrd. soʻmlik 30 194 ta daʼvolar (arizalar) kiritilib, 395 mlrd. soʻmlik 29 739 ta daʼvolar (arizalar) qanoatlantirildi.
Huquqiy targʻibot sohasida. Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 440 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar soni 21 250 taga yetkazildi, ular tomonidan 3 mln dan ortiq hujjatlarni qonuniy qabul qilinishi taʼminlandi.
Davlat xizmatlari sohasida vazirlik tomonidan 29 mln.dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Intellektul mulk sohasida vazirlik tomonidan 11 000 ta Intellektual mulk obyektlari roʻyxatdan oʻtkazildi.
Intellektual mulkni ruyxatdan oʻtkazishga doir 19 967 ta talabnomalar qabul qilindi. Intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va muhofaza hujjatlarini berish boʻyicha talabnomalarni topshirish va koʻrib chiqishga oid maʼmuriy reglamentlar ishlab chiqildi.
Mualliflik va turdosh huquqlarni buzayotgan veb-saytlarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish boʻyicha Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotining “WIPO Alert” platformasi ishga tushirildi;
Tadbirkorlarga qulaylik yaratish va ularga intellektual mulk obyektlaridan toʻgʻri hamda samarali foydalanilishiga koʻmaklashish maqsadida Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotining “WIPO IP Diagnostics” platformasi ishga tushirildi.
Hisobot davrida intellektual mulk huquqlarining buzilishi holatlari boʻyicha huquqbuzarlarga nisbatan 467 taqdimnoma va 168 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi. 112. 725. 000 soʻm miqdorida maʼmuriy jarima summasi undirildi. Apellyatsiya kengashi tomonidan sanoat mulki obyektlariga oid 110 ta ish koʻrib chiqildi. Roʻyxatdan oʻtgan patent vakillarining soni 22 ta koʻpayib, jami 96 tani tashkil qildi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasida: Vazirlik tomonidan 544 ta yangi va 257 ta NNTlar qayta shuningdek, 13 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 41 ta NNT faoliyati tugatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring