“Acıbadem Healthcare Group” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
30-oktyabr kuni Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning “Acıbadem Healthcare Group” kompaniyasi vakillari bilan onlayn-uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov, hokim oʻrinbosarlari Sharof Raxmanov va Sanjar Obidov, Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.
Samimiy ruhda boshlangan uchrashuv davomida taraflar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qilib, bu yoʻnalishda samarali hamkorlik qilish niyatini tasdiqladilar.
Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “Acıbadem Healthcare Group” kompaniyasi oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum onlayn tarzda imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring