Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi boʻldi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” klubining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
«Oʻtgan oyda 7 ta oʻyinda maydonga tushgan Abduqodir Husanov ajoyib oʻyinlar koʻrsatdi.
21 yoshli futbolchi oʻz yoshiga nisbatan ancha yuqori oʻyin koʻrsatmoqda. U muxlislar tomonidan oʻtgan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi», — deya xabar berdi klub oʻzining rasmiy sahifasida.

Maʼlumot uchun, Abduqodir Husanov ushbu soʻrovnomada Janluiji Donnarumma va Bernardo Silvani ortda qoldirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring