Abdulla Aripov: Koronavirus sabab toʻylar oʻtkazilishiga cheklov qoʻyilmaydi

19:05 15 Mart 2020 Jamiyat
1264 0

Arxiv surat

Oʻzbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan kiritilayotgan qator cheklovlar toʻy marosimlariga taalluqli emas. Bu haqda bugun, 15-mart kuni oʻtkazilgan brifingda Bosh vazir Abdulla Aripov maʼlum qildi.

“Toʻylar boʻyicha Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bor. Oʻsha reglament asosida ketaveradi. Lekin ana shu reglamentga rioya qilinishiga eʼtibor beramiz”, – dedi hukumat rahbari.

Amaldagi tartibga muvofiq, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda 200 nafargacha, bu tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер