Abdulaziz Komilov Xitoyga boradi

13:49 10 May 2021 Jamiyat
980 0

2021-yilning 11-12-may kunlari Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Xitoy – Markaziy Osiyo” ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirda, shuningdek, Xitoy, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham qatnashadi.

Tashrif davomida Vazir A.Kamilov Xitoy TIV rahbari Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi va “Ipak yoʻli” 5-Xalqaro EKSPO ochilish marosimida nutq soʻzlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер