Abdulaziz Komilov Kuvayt OAV vakillari bilan uchrashdi
2021-yil 23-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Kuvayt ommaviy axborot vositalari vakillari bilan intervyusi tashkil etildi.
Tadbirda “Al-Ray” gazetasi bosh muharriri Xolid Muhammad Al-Sharqaviy hamda “Tayms Kuvayt” gazetasi ijrochi direktori Riven Jerad Dʼsuza ishtirok etdi.
Arab tilida olib borilgan suhbat chogʻida A. Komilov kuvaytlik jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytardi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring