Abduhakim Hojiboyev: Beparvolik ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin

13:10 17 Aprel 2021 Jamiyat
785 0

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yigʻilishida sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev soʻzga chiqib, kasallikning koʻpayishiga asosiy sabab odamlarimizdagi beparvolik ekanligini aytib oʻtdi.

— Ayrimlar tibbiy niqob taqishni unutib qoʻydi. Taqqanlar ham nomiga iyagiga ildirib yuribdi. Niqob taqishning ham qoidasi bor. U ogʻiz va burunni yopib turishi kerak. Koronavirus 95 foiz holatda havo tomchilari orqali yuqadi. Agar tibbiy niqob nafas olish aʼzolarini yopib turmasa, befoyda. Beparvolik va xotirjamlikka berilish ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin, – dedi A.Hojiboyev.

Qayd etish kerakki, 2021-yil 16-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86338 (+316) nafarni tashkil etmoqda. Yaʼni, bir kunda kasallikka chalinganlar soni uch yuzdan oshdi. Ayniqsa, kasallik yoshlar oʻrtasida koʻpayayotgani xavotirlidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер