Abbos Atoyev Buxoro shahrida o‘z boks maktabini ochdi 

10:52 28 Mart 2018 Sport
3061 0

Ikki karra jahon chempioni, London Olimpiadasi bronza medali sohibi Abbos Atoyev Buxoro shahrida o‘z boks maktabini ochdi.

— Prezidentimiz har bir chiqishlarida barcha soha kishilari, jumladan, katta sport hadisini olgan biz, yoshlarga qarata fidoyi bo‘lish, jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga intilish lozimligi xususida aytadilar, — deydi taniqli sportchi. — Bu so‘zlarni tinglab, nima uchun chetda turishim, nega bilim va tajribamni yoshlarga o‘rgatmasligim kerak, degan fikrga keldim. Shu tariqa boks maktabi ochishga kirishdim. Yuz nafardan ziyod bola mashg‘ulotlarimizda qatnashish istagini bildirdi. Murabbiylarni jalb etgan holda ular bilan ishlashni boshlab yubordik. Bundan ota-onalar ham xursand.

Asosiy maqsadimiz yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishiga ko‘maklashishdan iborat. Shu yo‘l orqali ularni el-yurtga, Vatanimizga munosib farzand qilib tarbiyalashdek ezgu ishga hissa qo‘shmoqchimiz. Bunday yoshlar orasidan esa O‘zbekistonimiz dovrug‘ini dunyoga yoyadigan chempionlar ham yetishib chiqishidan umidvormiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер