Venger loukosteri Budapeshtdan Navoiyga parvozlarni amalga oshirishi mumkin
Vengriya poytaxtida o‘tkazilgan biznes-forumda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari U. Islomov boshchiligidagi delegatsiya mezbon davlatning Wizz Air aviakompaniyasi prezidenti J. Varadi bilan uchrashdi.
“Dunyo” AA xabar berishicha, tadbirda “Navoiy” xalqaro aeroportining salohiyati va respublikaning turistik imkoniyatlari taqdimoti o‘tkazilgan hamda tomonlar Budapesht — Navoiy — Budapesht aviayo‘nalishini yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy samaradorligini muhokama qilishgan.
Forumda Vengriyaning 1,5 million yevrolik investitsiyasi ishtirokida ikkita loyihani amalga oshirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring