9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari qachon oʻtkaziladi?

13:29 16 Aprel 2026 Jamiyat
235 0

2025–2026 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

9-sinf — majburiy fanlar:

  • Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1-iyun;
  • Matematika — 4-iyun;
  • Oʻzbekiston tarixi — 8-iyun;
  • Jismoniy tarbiya — 1–6-may.

11-sinf — majburiy fanlar:

  • Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun;
  • Matematika (Asosiy / Chuqurlashtirilgan) — 5-iyun;
  • Oʻzbekiston tarixi — 9-iyun.

11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):

  • Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari, Ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), Chet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, oʻquvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12-iyunda, 2-fan 15-iyunda oʻtkaziladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер