9 oyda 48,6 ming tonna shakar import qilingan
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatlardan qiymati 33,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,6 ming tonna shakar import qilgan.
Shakar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 25,3 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning oʻtgan 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp shakar import qilgan davlatlar:
Hindiston – 24 ming tonna;
Pokiston – 11 ming tonna;
BAA – 6,8 ming tonna;
Xitoy – 3,8 ming tonna;
Eron – 1,9 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring