9 oyda 189,2 ming tonna qogʻoz va karton import qilingan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan qiymati 281,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 189,2 ming tonna qogʻoz va karton import qilingan.
Qogʻoz va karton importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,6 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qogʻoz va karton import qilgan davlatlar:
Rossiya – 106,7 ming tonna;
Xitoy – 38,7 ming tonna;
Belarus – 9,8 ming tonna;
Finlyandiya – 9,2 ming tonna;
Germaniya – 5,2 ming tonna;
Ukraina – 3,2 ming tonna;
Shvetsiya – 3 ming tonna;
Turkiya – 2,4 ming tonna;
Polsha – 1,3 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring