890 nafar bitiruvchi ish bilan taʼminlanadi

10:14 25 Iyun 2020 Jamiyat
727 0

Bu yil Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialini 1097 nafar bitiruvchilar tamomlaydi. Ulardan 207 nafari hozirdan muqim ish joyiga ega. Biroq, 890 nafar bitiruvchilarning taqdiri nima boʻladi? Institutda boʻlib oʻtgan “Hokim va yoshlar” tadbirida bu savol ham oʻz yechimini topdi.

— Bu galgi uchrashuv rasmiyatchilikdan xoli boʻldi, — deydi talaba Nargizaxon Abdullayeva.-Hokimlar tumandagi imkoniyatdan kelib chiqqan holda bitiruvchilarni ishga taklif qildilar. Shaxsan men Shahrixon tumanida qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat faoliyatimni boshlaydigan boʻldim.

Hokimlarning ishonch bildirishlaricha, bitiruvchilar uch kun muddat ichida doimiy ish joyi bilan taʼminlanadilar.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер