80 ta hovliga issiqxona qurib berildi

11:33 26 May 2020 Iqtisodiyot
954 0

Andijon tumanida aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan aholining ish topishda qiynalayotgan, kam taʼminlangan qatlamlariga subsidiyalar ajratish boʻyicha 80 ta oilaga amaliy yordam berildi.

— Hovlimizdagi bir sotix maydonga issiqxona qurib berishgach, pomidor va bodring parvarishlay boshladik,-deydi uy bekasi Odinaxon Abdurazzoqova. –Hisob-kitobimiz boʻyicha shu yilning oʻzida 8 million soʻm daromad olmoqchimiz.

Ushbu xayrli ishlarni amalga oshirish uchun respublika bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan 178 million 400 ming soʻm mablagʻ ajratildi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер