8 964 ta tender savdolar jarayonida 12 826 ta raqobatga zid harakatlar aniqlandi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Otabek Usmonov maʼlum qildi.
Davlat buyurtmachilari tomonidan oʻtkazilgan 72,7% (tender) savdolar oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish bilan bogʻliq boʻlsa, 27,3% da til biriktirish orqali kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan harakatlar tashkil etadi.
“Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan boshlangʻich qiymati 8,2 mln AQSH dollarga teng boʻlgan mikroprotsessor uskunalarini xarid qilish;
“Oʻzbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” UK tomonidan boshlangʻich qiymati 4,8 mln AQSH dollarga oʻtkazilgan tanlov savdolari;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan boshlangʻich qiymati 23,6 mlrd soʻmga “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida”tibbiy asbob-uskunalarni xarid qilish oʻtkazilgan tender savdolarida turli qonun buzilishlar tufayli takroran oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring