75-sonli avtobus yoʻnalish harakati oʻzgartirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich oʻtkazish maqsadida, 2023-yil 24-iyul kunidan boshlab:
75-sonli “Obod mahalla, 11-maktab-Oqtepa maydoni” bogʻlovchi avtobus yoʻnalishi harakati “Qipchoq oʻtish bogʻlamasi-Oqtepa maydoni” oraligʻida tashkil etilmoqda.
Ushbu avtobus yoʻnalishi 11 ta jadval asosida 7-8 daqiqalik interval bilan harakatlanadi.
MAʼLUMOT UCHUN: Yoʻnalishdan foydalanayotgan yoʻlovchilar uchun 156-sonli Gʻalaba mahallasi-Qipchoq transport oʻtish bogʻlamasi” avtobus yoʻnalishi orqali yetib olish imkoniyati mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring