566 nafar bitiruvchi ishga qabul qilindi
Oliy taʼlim muassasasini tamomlash bir baxtu, oʻzi tanlagan kasb boʻyicha ish topish ikkinchi baxtdir! Boisi, zamondoshlarimiz orasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomi boʻla turib ish topa olmayotganlar ham yoʻq emas. Bugun aksariyat bitiruvchilarning ham tashvishiga aylangan bu muammo Andijon davlat universiteti bitiruvchilarini chetlab oʻtdi. Boisi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi bilan universitet bitiruvchilari oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
— Muloqot shunchaki rasmiyatchilikdan xoli boʻldi, — deydi bitiruvchi Xosiyatxon Ahmadaliyeva. — Unda aniq va roʻy-rost masala koʻrib chiqildi. Yaʼni, har bir bitiruvchini ishga qabul qilish chorasi koʻrildi. Navbatdagi oʻquv yilini bolalarga saboq berish bilan boshlashimdan nihoyatda xursandman.
Muloqot davomida 566 nafar bitiruvchilar maktablarga ishga qabul qilindilar. Shu kunning oʻzida maktab direktorlari ishtirokida shartnoma tuzilib, kerakli hujjatlar rasmiylashtirildi. Bitiruvchilarning 240 nafari hozirda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlariga, 326 nafari esa 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab mavjud taʼlim muassasalarida ish faoliyatlarini olib borishlari boʻyicha kelishib olindi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring