5-sentyabrdan yoʻnalishli taksida yoʻlovchi tashish faoliyatiga ruxsat beriladi. Faqat...

17:43 01 Sentyabr 2020 Jamiyat
1163 0

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan koʻrsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:

2020-yil 5-sentyabrdan boshlab:

Yoʻnalishli taksida («Damas» rusumli yengil avtomobillari bundan mustasno) yoʻlovchi tashish faoliyatiga. Bunda ushbu obyektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

— yoʻnalishli taksi faoliyati davomida karantin qoidalariga rioya etgan holda har qatnovga chiqishdan oldin haydovchilarning tana harorati pirometrlarda oʻlchanib, Selsiy boʻyicha 37C va undan yuqori boʻlgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻymaslik, ularning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlishini taʼminlash;

— yoʻnalishli taksida yoʻlovchilarning tibbiy niqobda boʻlishini, tibbiy niqob boʻlmagan holatda ularning transport vositasiga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;

— transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir oʻrindiqni) toʻliq dezinfeksiyadan oʻtkazilishini taʼminlash.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер