5 yilda ilk bor Xalqaro Matematika olimpiadasida maktab oʻquvchisi gʻolib boʻldi
Eng nufuzli olimpiadalar sirasiga kiruvchi 62-Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO) natijalari eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarga koʻra,
Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati 5-IDUM oʻquvchisi kumush medal;
Olimjon Olimov — Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi Doniyor Ismoilov imtiyozli diplomni qoʻlga kiritdi.
Bu yilgi olimpiada 14-24-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi. Unda dunyoning 110 davlatidan 623 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring