40 million soʻmlik kitoblar sovgʻa qilindi
Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi fondi 25 million soʻmlik kitoblar toʻplami bilan boyidi.
Bu davlatimiz rahbarining yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni har tomonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash maqsadi koʻzda tutilgan besh muhim tashabbusi doirasida amalga oshirildi. Xuddi shunday xayrli ish tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablarini ham qamrab oldi. Ularga 15 million soʻmlik kitoblar ajratildi.
Tuman hokimligi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari evaziga xarid qilingan bu adabiyotlar kitobxonlar safini kengaytirishga, yoshlarning maʼnaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Zero, kitobga, adabiyotga, boy tariximizga mehru muhabbat shofirkonliklarning qon-qoniga singib ketgan. Bu goʻshadan zabardast shoir-yozuvchilar, olimlar yetishib chiqqani shundan darak beradi. Kitoblarni topshirish chogʻida mutasaddilar ana shuni alohida taʼkidladilar.
Istam IBROHIMOV
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring