4 ming 289 kilometr sugʻorish tarmogʻini tozalash rejalashtirilgan

22:20 25 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
1736 0

2021-2022-yillar kuz-qish mavsumida Suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlar hisobidagi 4 ming 289 km. sugʻorish tarmogʻini tozalash rejalashtirilgan. 

Oʻtgan 4 oy davomida rejaning 60 foizi bajarildi. Jumladan, Samarqand viloyatida bu koʻrsatkich 44 foiz, Andijon viloyatida 49 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 ming 265 dona gidrotexnika inshooti va 5 ming 225 dona gidropostni taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlsa, shundan 63 foiz gidrotexnika inshooti hamda 64 foiz gidropost taʼmirdan chiqarildi. Bu boradagi ishlar Xorazm viloyatida 40 foiz, Jizzax viloyatida 54 foiz ish bajarilgan.

Ushbu raqamlar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining hayʼat yigʻilishida keltirib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер