30 raqamini yoʻldosh qilgan tadbirkor

13:39 19 Iyul 2022 Jamiyat
638 0

Foto: Xalq so‘zi

Kundalik hayotimizda har lahzada va har qadamda duch kelganimiz - raqamlar va ular ortidagi sir-sinoat haqida mutaxassislar fikr bildirgani maqbul, albatta. Biroq Andijon viloyati Izboskan tumanida yakka tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi Azizbek Kamoljonov oʻzi uchun 30 raqamini xosiyatli sanashi va bu bejizga emasligini aytib oʻtishimiz joiz.

Gap shundaki, manzarali daraxt va gul koʻchatlari yetishtirish hamda sotish bilan shugʻullanuvchi Azizbek 2 gektar maydonda 30 ming tup gul koʻchatlarini parvarishlayapti. 30 turdagi manzarali daraxtlar koʻchatlariga yilning toʻrt faslida ham xaridorlar bisyor.

— Faoliyatimiz mavsumiy boʻlgani bois bahor, yoz faslida ishchilar yollashga toʻgʻri keladi, — deydi tadbirkor. — Hozirda bogʻimizda 30 nafar ishchi ishlaydi. Ular tomonidan parvarishlanayotgan gul va manzarali daraxt koʻchatlari shahar va tumanlarga yetkazib berilmoqda.

Samarali mehnatning mevasi ham chakki emas. 30 raqamini oʻziga yoʻldosh qilgan tadbirkorning yillik daromadi ham 30 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер