3-noyabrdan Avstriyada ham karantin joriy etiladi. Taʼlimning yuqori bosqichi masofadan oʻqishga oʻtkaziladi

12:32 01 Noyabr 2020 Dunyo
1067 0

Avstriya hukumati yangi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun 3-noyabrdan dekabr boshigacha karantin eʼlon qilmoqda. Karantin doirasida 20:00 dan 06:00 gacha odamlarning uylaridan chiqishlariga cheklov qoʻyiladi. Bu haqda mamlakat kansleri Sebastyan Kursga asoslanib TASS xabar berdi. 

«Seshanba kunidan noyabr oyining oxirigacha Avstriyada ikkinchi lokdaun joriy qilinmoqda, — degan Kurs Venadagi matbuot anjumanida. — Uydan soat 20:00dan 06:00gacha chiqishga cheklov qoʻyilishi kerak. Qonunda nazarda tutilganidek, bu uydan chiqib ketish umuman mumkinmas degani emas. Albatta, siz ish joyingizga borishingiz, boshqa odamlarga yordam berishingiz yoki sayr qilishingiz mumkin. Cheklov esa aynan soat 20:00dan 06:00gacha siz mehmonga bormasligingiz, yaʼni boshqa odamlar bilan uchrashish uchun uydan chiqmasligingizni anglatadi. Bu tungi uchrashuvlar tufayli infeksiyani yuqtirganlar soni koʻpaygani bilan bogʻliqdir». 

3-noyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari mehmonlarni qabul qilishni toʻxtatib, oziq-ovqatlarni yetkazib berish uchun ishlaydi. Kechasi soat 20:00dan 06:00gacha koʻchaga faqat shoshilinch ish, muhtojlarga yordam berish, sayr qilish, oziq-ovqat mahsulotlari uchun chiqish mumkin boʻladi. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlanadi. Mehmonxonalar ijarachi sayyohlarni qabul qilmaydi. Professional sport tadbirlari tomoshabinlarsiz oʻtkaziladi. Maktablarning katta sinflari va universitetlar masofadan oʻqitishga oʻtkaziladi. Raqs maktablari, sport zallari, koʻngilochar bogʻlar, hammomlar, teatrlar, operalar, kinoteatrlar yopiladi. Savdo shoxobchalarida xaridorlar soni cheklanadi. Ish joyida tibbiy niqob kiyish va masofani saqlash tartibiga qatʼiy rioya etilishi shart . 

Oktyabr oyida ushbu mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq antirekord oʻrnatilib, ularning soni 5 ming kishidan oshdi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер