27 yoshli bokschi nokautdan soʻng hayotdan koʻz yumdi

10:21 03 Fevral 2021 Dunyo
1118 0

Pokistonlik bokschi Muhammad Aslam Xon vatandosh Vali Xon Taringa qarshi xayriya jangidan soʻng vafot etgan.

“The Sun” nashri xabariga koʻra, bunga jang paytida oʻtkazib yuborilgan kuchli zarbalar tufayli olingan ichki jarohatlar sabab boʻlgan. U bellashuvda ogʻir nokautga uchragan. 27 yoshli sportchi Karachidagi kasalxonada vafot etgan.

Maʼlum boʻlishicha, jangni tashkil etishda zarur xavfsizlik talablariga eʼtibor qilinmagan. Xususan, bellashuvga tibbiyot xodimlari chaqirilmagan. Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер