24-maygacha fuqarolarni xorijdan olib kelish boʻyicha charter reyslar roʻyxati eʼlon qilindi
Oʻzbekistonga qaytish istagini bildirgan fuqarolarning roʻyxatlari shakllantirilgan. Bu haqda Oʻzbekiston transport vazirining matbuot kotibi Navroʻz Ashurmatov maʼlum qildi.
1-maydan 24-mayga qadar fuqarolarni xorijdan olib kelish boʻyicha charter reyslar jadvali:
13-may. Toshkent - Istanbul - Toshkent7:40
14-may. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent 8:35
15-may. Toshkent - Dehli - Toshkent 12:00
16-may. Toshkent - Rostov-Don - Toshkent 11:00
17-may. Toshkent - Qozon - Toshkent 11:00
18-may. Toshkent - Moskva - Toshkent 7:20
19-may. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent 8:35
20-may. Toshkent - Moskva - Toshkent 7:20
21-may. Toshkent - Istanbul - Toshkent 7:40
22-may. Toshkent - London - Toshkent 14:00
23-may. Toshkent - Novosibirsk - Toshkent 13:00
24-may. Toshkent - Sharja - Toshkent 11:00.
Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu roʻyxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.
Roʻyxatga birinchi navbatda kasal yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin boʻladi.
Oʻzbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam boʻlmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring