24-27-oktyabr kunlari “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boʻlib oʻtadi

17:41 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
308 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov maʼlum qildi.

Tadbir Toshkent shahrining 3 ta asosiy nuqtasida:

“CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan)” koʻp funksiyali koʻrgazma markazi;

Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan IT Park majmuasi;

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida boʻlib oʻtadi.

Haftalikning birinchi kunida Startap sammiti, ikkinchi kunida ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023» rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

Shu kuni yana “Empowering Women in IT: Leading the Digital Revolution” hamda Markaziy Osiyo “IPv6 Enhanced” sammitlari oʻtkaziladi.

Uchinchi kunda “Uzbekistan Outsourcing” forumi va ICT EXPO – 2023 koʻrgazmasining ochilishi boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер