24-25-dekabr kunlari 97 ta mahalladagi 791 ta koʻp qavatli uyda obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirildi
Foto: Халқ сўзи
AOKAda oʻtkazilgan brifingda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylar va unga tutash hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari haqida maʼlumot berdi.
Bunda 131 ta uyning yertoʻlasi, 321 ta kirish yoʻlaklari tozalanib, 96 ta elektr shitlar tartibga keltirildi. 40 ta framuga oynalari butlanib, 150 ta kirish yoʻlaklari taʼmirlanib, 160 ta kirish eshiklariga kodli qulflar hamda 350 ta kirish yoʻlaklariga harakat datchikli chiroqlar oʻrnatildi. 117 ta bolalar va sport maydonchalari tartibga keltirilib, hududlardagi 12 625 p/m lotoklar chiqindilardan tozalandi.
Tadbirga 123 ta maxsus texnika, 1 697 nafar ishchi-xodim jalb etilib, 216 ming kv.metr maydon obodonlashtirildi. Hududdan 114 tonna chiqindi olib chiqib ketildi.
“Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida” Qonun loyihasiga quyidagilar qoʻshimcha ravishda kiritilyapti:
— Koʻp kvartirali uylarni boshqarish usullari qayta koʻrib chiqilib, boshqaruv servis kompaniyalarining huquq va majburiyatlari belgilanmoqda;
— Billing tizimiga oid normalar bilan toʻldirilyapti;
— Mahalliy davlat hokimiyati organlarining koʻp kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari alohida modda bilan belgilab berilmoqda;
— Shirkat faoliyatiga tegishli boʻlgan ayrim moddalar va normalar bugungi kun nuqtayi nazaridan oʻzgarmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring