2030 va 2034-yilgi Osiyo oʻyinlari mezbonlari aniq boʻldi

17:24 16 Dekabr 2020 Dunyo
1172 0

Ayni paytda Maskat shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining Bosh assambleyasi boʻlib oʻtmoqda.

Assambleya davomida 2030-yilgi Osiyo oʻyinlari mezbonligi uchun saylov ham tashkil etildi.

Unga koʻra, 2030-yilgi oʻyinlari Qatar poytaxti Doha shahrida oʻtkaziladi.

Ushbu ovoz berish jarayonida yutqazgan Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) esa avvaldan eʼlon qilinganidek 2034-yilgi Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qiladi.

Qayd etish lozim, avvalroq Oʻzbekiston ham ushbu oʻyinlarga mezbonlik qilishi haqida maʼlumotlar tarqalgandi. Ammo, keyinchalik ushbu qarordan voz kechilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер