2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda oʻtkaziladi
Prezidentimiz 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda oʻtkazilishini maʼlum qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram sahifasida maʼlum qilindi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga “maktab – tuman – viloyat – respublika” bosqichida tanlovlar oʻtkazib, 5-8 sinf oʻquvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.
IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda oʻquvchilar boʻlajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring