2025-yilning ilk kunlarida kuchli meteorit yomgʻiri va eng katta Quyosh hodisasi kutilmoqda
2025-yil boshi ajoyib astronomik hodisalarga toʻla boʻlishini vaʼda qilmoqda. Yanvar oyining birinchi haftasida meteorit yomgʻirining choʻqqisi kutilmoqda va yilning eng katta Quyoshini kuzatish imkoniyati boʻladi. Bu haqda Moskva planetariysi xabar berdi.
Yilning eng yorqin meteor yomgʻiri 3-yanvardan 4-yanvarga oʻtar kechasi choʻqqisiga chiqadi va tong otguncha davom etadi. Sharqiy gorizontda soatiga 120 tagacha meteorit kuzatiladi. Ertasi kuni, 4-yanvar kuni Yer perigeliyga — Quyoshga eng yaqin nuqtaga yetib boradi. Bu 2025-yilda eng katta quyosh diskini kuzatishni taʼminlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring