2025-yilda temir yoʻl transportida qancha yoʻlovchi tashilgan?
Oʻzbekistonda 2025-yil davomida temir yoʻl transportida 10,5 million yoʻlovchi tashilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mazkur davrda temir yoʻl transportidan bir kunda oʻrtacha 28,8 ming nafar yoʻlovchi foydalangan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 0,7 million yoʻlovchiga oshgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, 2025-yilda metropoliten orqali qancha yoʻlovchi tashilgani toʻgʻrisida maʼlumot berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring