2025-yilda ctomatologiya xizmatlari narxi 5,1 foizga qimmatlashdi
Stomatologiya xizmatlari narxlari 2025-yilda 5,1 foizga oshdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtgan yilda tibbiyot laboratoriyalari xizmatlari narxlari 10,3 foizga, ambulatoriyada davolash xizmatlari narxlari esa 9,4 foizga qimmatlashgan.
Bundan tashqari, diagnostika vizualizatsiyasi xizmatlari narxlari 9,1 foizga oshgan boʻlsa, statsionar davolash va reabilitatsiya xizmatlari narxlari 7,5 foizga koʻtarilgani kuzatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring