2025-yil yakuniga qadar “Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi” quvvatlari 900 MVtga oshiriladi
Foto: Халқ сўзи
Elektr energiya ishlab chiqarish sohasida zamonaviy, yuqori samarador va energotejamkor texnologiyalarni joriy etish borasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan navbatdagi investitsiya loyihasi amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
Navbatdagi investitsiya loyihasi «Tallimarjon IES» AJda amalga oshiriladi. Unga koʻra, 2025-yil yakuniga qadar stansiyada umumiy quvvati 900 MVt dan kam boʻlmagan navbatdagi ikkita bugʻ-gaz qurilmalarini qurish ishlari olib boriladi va loyihaning bosh pudratchilari sifatida Ispaniyaning Ispaniyaning Intecsa Ingeniera Industrial S.A. va Yaponiyaning Mitsubishi Corporation kompaniyalari ishtirok etadi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda «Tallimarjon IES» AJ va Ispaniyaning Intecsa Ingeniera Industrial S.A. hamda Yaponiyaning Mitsubishi Corporation kompaniyalari oʻrtasida qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Yangi investitsiya loyihasi Samarqand va Buxoro viloyatlari isteʼmolchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini va yana koʻplab aholi punktlarini ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.
Intecsa Ingenieria Industrial S.A va Mitsubishi Corporation kompaniyalar konsorsiumi bilan “tayyor holda topshirish” sharti asosida tuzilgan shartnomaga muvofiq shartnoma qiymati quyidagicha:
529 850 807 AQSH dollari,
93 826 656 yevro,
19 535 051 546 yapon iyenasi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida, korxona tomonidan yiliga qoʻshimcha 7,2 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Yuqori tejamkor texnologiyalar hisobiga 520 mln. kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Yana bir eʼtiborli jihati, atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar 1500 tonnaga kamayadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring