2024—2026-yillarda mikromoliyaviy xizmatlar bilan 1 milliondan ortiq tadbirkorni qamrab olinadi

16:31 17 Noyabr 2023 Jamiyat
618 0

Foto: Illustrativ foto

“Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining oʻrni va ulushini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga ajratiladigan mikroqarz miqdori ellik million soʻmdan yuz million soʻmga oshirildi.

Buning natijasida aholining faol qismi mikromoliyaviy xizmatlardan foydalangan holda oʻzini oʻzi band qilishi yoki tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi orqali tadbirkorlik subyektiga aylanishiga erishish mumkin.

Shuningdek, 2024—2026-yillarda mikromoliyalash bozori hajmini 5 barobarga oshirish, mikromoliyaviy xizmatlar bilan 1 milliondan ortiq tadbirkorni qamrab olishga erishiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер