2024-yilga qadar Toshkent IEMda ikkita gaz turbina qurilmasi ishga tushiriladi

15:57 07 Fevral 2023 Iqtisodiyot
780 0

Toshkent IEMda har birining quvvati 32 MVtdan boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmalarini qurish ishlari davom etmoqda.

Turkiyaning “Çalik Enerji» kompaniyasi pudratchiligida barpo etilayotgan mazkur loyiha 2024-yilga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida markaz tomonidan yiliga qoʻshimcha 515,6 million kVt⋅soat elektr va 690,3 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер