2024-yilda 2 mln. aholi tadbirkorlikka jalb qilinadi

16:43 20 Noyabr 2023 Jamiyat
174 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga koʻra 2024-yilda 2 mln. aholini tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha quyidagi tizim joriy etiladi:

— aholi va tadbirkorlarni oʻqitish, loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish va shu orqali “oilaviy tadbirkor – mikro biznes – kichik biznes – oʻrta biznes” zanjiri yoʻlga qoʻyiladi;

— “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va boshqa hamkor tijorat banklaridan iborat yaxlit moliyaviy tizim asosida kichik va oʻrta biznes loyihalari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi.

Shu bilan birgalikda yaqinda transformatsiyaga uchragan quyidagi tashkilotlarda 2024–2026-yillar uchun keyingi maqsadli koʻrsatkichlar (KPI) belgilanmoqda:

— Biznesni rivojlantirish banki – 150 ming kichik tadbirkorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kengaytirishga masʼul boʻladi va buning uchun xalqaro moliya tashkilotlaridan 1,2 mlrd. dollar jalb qilinadi va 300 mln dollar yevrobond chiqariladi;

— Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi – oʻrta biznesni 2,5 baravarga (10 mingdan 25 mingga) oshirishga masʼul boʻladi va buning uchun moliyaviy xizmatlar 8 trln. soʻmdan 14 trln. soʻmga yetkaziladi, 300 mln dollar yevrobond chiqariladi hamda 450 ta korxonaga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер