2023-yilning yanvar-noyabr oylari yakuniga koʻra 48,9 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi
Bu haqda AOKAda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi.
Bu rejaga nisbatan 1,1 mlrd.kVt.soatgа koʻp boʻlib, qoʻyilgan vazifa 102,3 foizga bajarildi. 2023-yil yakuniga qadar rejaga asosan 53,8 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi taʼminlanadi.
Joriy yilda mavsumga tayyorgarlik koʻrish rejasiga muvofiq jami 53 ta energoqurilmalarda, jumladan 12 ta energoblok, 31 ta qozon qurilmasi, 9 ta bugʻ-gaz qurilmasi va 1 ta gaz-turbina qurilmasida mukammal va oʻrta taʼmirlash ishlari bajarildi.
Toshkent shahrining Oqtepa va Bogʻzor mahallalari hududida, elektr elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 4,6 MVt, issiqlik energiyasi uzatish quvvati 25,4 Gkall boʻlgan 2 ta gaz porshen qurilmasi, 2 ta suv isitish qozonlari toʻliq issiqlik tizimi bilan alohida isitish punktlari bilan jihozlangan holda oʻrnatildi.
Buning natijasida issiqlik tarmoqlaridagi yoʻqotishlar 90,0 foizga kamaytirilishiga, qoʻshimcha yiliga 32,0 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga hamda 1,0 mln. metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Bugungi kunga qadar 9,6 MVt quyosh panellari ishga tushirilishi natijasida 7,2 mln. kVt soat elektr energiyasi (36 mingta xonadonning oʻrtacha bir oylik isteʼmoli) va buning uchun sarflanadigan 2 mln. metr kub tabiiy gaz iqtisod qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring