2023-yilning 1 yarim yilligida Davlat byudjetiga 25,5 trln. soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari undirildi

17:11 02 Dekabr 2023 Jamiyat
790 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov maʼlum qildi.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida tadbirkorlarga 4 trln. soʻm miqdoridagi bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, 204,9 kg giyohvandlik vositalari, 124,5 ming dona kuchli taʼsir etuvchi va 2 206 dona psixotrop moddalar, shuningdek, 441 dona oʻq, 643 dona gilza va 12 dona qurol ushlab qolindi.

Umumiy qiymati 37,5 mlrd. soʻmni tashkil etuvchi, 1 mln.600 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер