2023-yilda insoniyat tinchlikka erishishni oʻz soʻzlari va saʼy-harakatlarining asosiy maqsadiga aylantirmogʻi lozim — Antoniu Guterrish

16:41 30 Dekabr 2022 Dunyo
1151 0

Foto: Arxiv surat

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzi aholisiga Yangi yil murojaatini yoʻlladi.

BMT rahbari Yangi yilning kirib kelishi har safar qayta tugʻilish oni ekanligini qayd etar ekan, «eski yilning kulini supurib tashlash» va “yangi porloq kun”ga hozirlik koʻrish vaqti kelganini taʼkidladi.

Yakunlanayotgan 2022-yil juda murakkab yil boʻldi, dedi BMT Bosh kotibi. Uning aytishicha, butun dunyo boʻylab urushlar, oʻrmon yongʻinlari, qurgʻoqchilik, kambagʻallik va ochlikdan qochib, yuz millionga yaqin odam oʻz uyini tashlab ketdi. “2023-yilda biz tinchlikka erishmogʻimiz lozimki, hozir har qachongidan ham zarurdir”, dedi Bosh kotib.

U, shuningdek, bugun biz bir-birlarimiz bilan muloqot qilish koʻmagida tinchlikni oʻrnatish, nizolarga chek qoʻyish lozimligini qoʻshimcha qildi. BMT Bosh kotibi, barqaror kelajak uchun tabiat bilan tinchlikni asrash lozimligini ham qayd etdi. U oʻz uylarida ayollar va qizlar munosib va ​​xavfsiz yashashlari tinchlik boʻlishi zarur ekanligini eslatib oʻtdi.

«Antoniu Guterrish 2023-yilda insoniyat tinchlikka erishishni oʻz soʻzlari va saʼy-harakatlarining asosiy maqsadiga aylantirmogʻi lozimligiga amin ekanligini bildirdi. Keling birgaklikda shunday qilaylikki, 2023-yil hayotimizda, uylarimizda va sayyoramizda tinchlik oʻrnatilgan yil boʻlib qolsin», dedi BMT Bosh kotibi oʻz murojaati xotimasida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер